BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va BMT Taraqqiyot dasturi ma’muri o‘rinbosari Xaolyan Syuy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
U yerda tomonlar madaniyatni rivojlantirish, merosni asrab-avaylash va ijodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash kabilarni o‘z ichiga olgan ehtimoliy hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Ta’lim dasturlari va san’at orqali xalqaro muloqotni mustahkamlash alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Umerova Syuy bilan Nukusda bo‘lib o‘tadigan Orol sammiti va 2025-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Bosh konferensiya hamda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi.
Bosh konferensiya – ilk bor Parijdan tashqarida
2025-yilda Samarqand YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi. Ush Ushbu muhim voqea so‘nggi 40 yil davomida an’anaviy ravishda Parijda o‘tkazilib kelinayotgan edi va bu yil tadbir ilk bor Parijdan tashqarida bo‘lib o‘tadi.
Sessiya o‘tkaziladigan asosiy maydon Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasi bo‘ladi. Tadbirni tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan tashkiliy qo‘mita infratuzilmani tayyorlash, jumladan, zallarni zamonaviy texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Toshkent va Samarqand shaharlarida obyektlar tayyorlanadi, ishtirokchilar uchun zarur mehmonxona fondi ta’minlanadi.