Tekshiruvlar davomida XIX-XX asrlarga oid uchta masjid buzib tashlangani, bittasi noqonuniy ta’mirlangani aniqlangan. Madaniy merosga yetkazilgan umumiy zarar 46,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Vayron bo‘lgan obyektlar orasida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Qushoq ota" masjidi ham bo‘lib, uning buzilishidan ko‘rilgan zarar 19,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, Urgut tumanidagi "Ahmad Yassaviy" va "Hoji O‘rinboy" masjidlari buzilib, 17 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, Samarqand tumanidagi "Kulba" me’moriy yodgorligini noqonuniy ta’mirlash natijasida 10,2 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.