Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi yig‘ilishda Odiljon Abduqahhorov "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi rahbarligiga qayta tayinlandi. Yangi direktor zimmasiga tashkilot faoliyatini takomillashtirish va yuqori natijalarga erishish vazifalari yuklatildi.
Bunga qadar muassasa rahbari vazifasini 2023-yil oktabr oyidan buyon Sanjar Erdanov bajarib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Odiljon Abduqahhorov 2017-2020 yillarda ham "O‘zbekkonsert" rahbari lavozimida ishlagan.