Yelisey saroyidagi uchrashuv paytida prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga buyuk fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning o‘zbek tiliga tarjima qilingan "Kulayotgan odam" romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi.
Ushbu kitob ommaviy nashrdan chiqishi va tez orada kitobxonlar e’tiboriga havola etilishi kutilmoqda.
Makron esa  Shavkat Mirziyoyevga XIX asrda fransuz fotografi Pol Nadar tomonidan Jizzaxda olingan «Amir Temur darvozasi. Sangzor daryosi bo‘sag‘asida» nomli fotosuratni sovg‘a qildi.