Nashrlar O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan tayyorlangan.
Kitob-albomlar turkumi O‘zbekiston bilan bog‘liq va butun dunyo bo‘ylab muzeylar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan san’at asarlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir.
Kongress kutubxonasining Yaqin Sharq bo‘limi rahbari Joan Uiks O‘zbekiston madaniy merosining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, to‘plamning topshirilishi xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlaydi, shuningdek, butun dunyo tadqiqotchilari va olimlari uchun qimmatli manba bo‘ladi.
Kongress kutubxonasi
1800-yilda tashkil etilgan AQSH Kongressi kutubxonasi dunyodagi eng yirik kitob ombori bo‘lib, 170 milliondan ortiq nashrlarni o‘z ichiga oladi.
Kutubxona boshqa mamlakatlar bilan faol hamkorlik qiladi, materiallar almashadi va madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Kutubxona AQSH Kongressiga qonunchilik qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan tahliliy materiallar, tadqiqotlar va ma’lumotlarni taqdim etadi. U AQSH milliy kutubxonasi va AQSH Kongressi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi vazifasini bajaradi.