O‘zbekiston va Fransiya madaniy hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Fransiya Madaniyat vazirligi o‘rtasida qator bitimlar imzolandi. Hujjatlarga jamgʻarma raisi Gayane Umerova va Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati imzo chekishdi.

O‘zbekiston va Fransiya madaniy hamkorlikni mustahkamlamoqda

Bitimlardan biri ikki mamlakat madaniyat muassasalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘ldi. Unda Alfred Korto nomidagi Parij musiqa maktabi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida akademik almashinuvlarni rivojlantirish va qo‘shma kinoloyihalarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Shuningdek, Fransiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasini hamda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Samarqandda muzeylar va sun’iy idrok bo‘yicha xalqaro anjumanni o‘tkazish to‘g‘risida bitim ham imzolandi.

O‘zbekiston prezidentining Parijga tashrifi

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari  Emmanuel Makronga Viktor Gyugoning o‘zbek tiliga tarjima qilingan "Kulayotgan odam" romanining ilk nusxasini sovg‘a qilgan edi.

Bunga javoban Mirziyoyevga fransuz fotografi Pol Nadarning XIX asr oxirida olingan "Amir Temur darvozasi" tarixiy fotosurati sovg‘a qilindi.

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.