Bu haqda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning italiyalik hamkasbi Juzeppe Valditara bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tomonlar ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni joriy etish, o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash va yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi.