Ushbu fojiali voqea ko‘plab savollarni tug‘diradi: suratga olish maydonchalaridagi xavfsizlik masalasi qanchalik muhim? Aktyorlarning hayoti va salomatligi uchun kim javob berishi kerak? Kelajakda bunday hodisalarning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rish lozim? Bu savollarga javoblarni HD magazine`ning maxsus materialidan topishingiz mumkin, unda kino sanoatining yetakchi mutaxassislari o‘z fikrlarini baham ko‘rishadi.

Tasvirga olish maydonchasidagi xavflar: misollar

Kino tarixi aktyorlar, kaskadyorlar va texnik mutaxassislar uchun fojiaga aylangan ko‘plab baxtsiz hodisalarni ko‘rgan. Aktrisa Marta Mensfild 1923-yilda notanish kishi qiz o‘tirgan mashina oynasi orqali o‘chirilmagan sigaretani uloqtirgani uchun halok bo‘lgan. Uning ko‘ylagi bir zumda yonib ketgan. Afsonaviy Bryus Lining o‘g‘li, aktyor Brendon Li 1993-yilda “Qarg‘a” filmining suratga olish jarayonida otib o‘ldirilgan. Qurol o‘qsizlantirilgan bo‘lishi kerak edi, ammo qurol ichida o‘q bor ekan, Brendon esa o‘sha kuni bronejilet kiyishni xohlamagan.
Furqat Fayziyev, aktyor va rejissyor:
Kaskadyorlar uchun jarohatlar kam uchraydigan hodisa emas. Masalan, Usen Xudaybergenov “Dohiyning yoshligi” filmini suratga olish jarayonida otdan yiqilib, devorga urilgan, oradan bir necha yil o‘tib, yuzi va qo‘llari jiddiy kuygan. Esimda, turkmanistonlik kaskadyor Sergey Bernichenko ham kuygandi – barmoqlaridagi teri harorat natijasida erigan.
"Shaytanat" filmida ikkinchi qavatdan suvga tushish epizodini suratga olish. Kadrlarni Furqat Fayziyev tayyorladi
"Shaytanat" filmida ikkinchi qavatdan suvga tushish epizodini suratga olish. Kadrlarni Furqat Fayziyev tayyorladi
"Shaytanat" filmida ikkinchi qavatdan suvga tushish epizodini suratga olish. Kadrlarni Furqat Fayziyev tayyorladi
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
"Shaytanat" filmida ikkinchi qavatdan suvga tushish epizodini suratga olish. Kadrlarni Furqat Fayziyev tayyorladi
Vladimir Isayev, oliy toifali kaskadyor:
Meni guruh bilan 1999-yilda rejissyor Baxtiyor Xudoynazarovning “Oy ota” filmini suratga olish ishlarida qatnashishga taklif qilishdi. U yerda bosh qahramonni firibgarlik qilgani uchun poyezddan uloqtirib yuborish epizodi bor edi. Soatiga 30 km tezlikda harakatlanayotgan poyezddan sakrab tushishim kerak edi. Beshta dubldan so‘ng birdan sakrash kerak bo‘lgan maydoncha tozalanmagani ma’lum bo‘ldi. Yiqilishimni biroz yumshatish uchun reflektor ravishda qo‘limni oldinga chiqardim. Natijada qo‘limni sindirib oldim.
"Shima" filmini suratga olishda kaskadyorlarning ishi. Vladimir Isayev tayyorladi
"Shima" filmini suratga olishda kaskadyorlarning ishi. Vladimir Isayev tayyorladi
"Shima" filmini suratga olishda kaskadyorlarning ishi. Vladimir Isayev tayyorladi
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
"Shima" filmini suratga olishda kaskadyorlarning ishi. Vladimir Isayev tayyorladi

Xavfsizlik uchun kim javobgar?

Aziza Doniyorova, prodyuser:
Suratga olish jarayonining barcha ishtirokchilari mas’ul, ammo har kim o‘z sohasi bo‘yicha javob berishi kerak. Prodyuser xavfsizlik me’yorlariga rioya qilinadigan va malakali mutaxassislar ishlaydigan sharoitlarni yaratish orqali tashkilotni nazorat qiladi. Rejissyor nafaqat g‘oyaning badiiy ifodalanishiga, balki qaltis sahnalarning o‘ylangan va xavfsiz bo‘lishiga ham mas’uldir. Xavfsizlik koordinatori murakkab tryuklarni suratga olishda asosiy figuradir, chunki aynan u har bir detalni tekshirishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni kamaytirishi shart.
Quruvchi kompaniya uchun loyihani suratga olishda. Aziza Doniyorova arxivi
Quruvchi kompaniya uchun loyihani suratga olishda. Aziza Doniyorova arxivi
Gollivudda bu – standart, O‘zbekistonda esa maydonda xavfsizlikni muvofiqlashtirish kamroq uchraydi chog‘i. Ehtimol, bu bizda xavfli sahnalardan qochishga harakat qilishlari, ularni CGI grafikasi bilan almashtirishlari bilan bog‘liqdir.
Anastasiya Li, DBLA prodyuserlik studiyasi prodyuseri va hammuassisi:
Qonunga ko‘ra, suratga olish maydonchasidagi xavfsizlik uchun asosiy javobgarlik ish beruvchining zimmasida. Ammo haqiqatda jamoa ichida vazifalar taqsimoti turlicha bo‘lishi mumkin. Mas’uliyat ko‘pincha xavfsiz jarayonni tashkil etuvchi prodyuser, ijodiy g‘oyalarning jamoaga zarar yetkazmasdan amalga oshirilishini nazorat qiluvchi rejissyor va barcha ehtiyot choralarining bajarilishini kuzatuvchi koordinatorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Mas’uliyatni taqsimlashning nozik standartlari hali belgilanmagan va har bir suratga olish guruhi ularni mustaqil ravishda belgilaydi.
Vladimir Isayev, oliy toifali kaskadyor:
Birinchi navbatda, mas’uliyat rejissor zimmasida, chunki aynan u operatorlar, sahnalashtiruvchilar, liboslar va dekoratsiyalar bo‘yicha rassomlarni taklif qilib, jamoani shakllantiradi. Ikkinchi asosiy shaxs – guruhning asosiy tarkibini tasdiqlovchi prodyuser (ilgari direktor hisoblangan). Xavfsizlik me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilish uchun esa prodyuser – xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis jalb qilgan mutaxassis mas’uldir. Sovet davridan beri bizda qoidalar to‘plami, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma va jurnal mavjud – bu suratga olish jarayonining ajralmas qismi. Bu ko‘pchilikni ajablantiradi, lekin aynan shu hujjatlar ba’zan bizni qutqaradi.
Xavf bilan bog‘liq har qanday suratga olish jarayoni – xoh u tryuk, suv osti yoki havo sahnalari bo‘lsin – qayd etiladi va hujjatlashtiriladi. Jurnalda suratga olish jarayoni rejasi, shuningdek, rejissyordan tortib texnik xodimlargacha bo‘lgan barcha ishtirokchilar ro‘yxati aks ettiriladi. Har bir kishi yo‘riqnomadan o‘tadi va buni imzo (hozirgacha qo‘lda) bilan tasdiqlaydi.
Gulnora Ivanova, rejissyor:
Suratga olish maydonchasidagi xavfsizlik uchun asosiy mas’uliyat birinchi navbatda prodyuser va rejissyor zimmasida. Xavfsizlik bo‘yicha koordinator ham muhim lavozim, lekin hamma loyihalarda ham uchrayvermaydi. Odatda, uni murakkab va xavfli sahnalar, jumladan, tryuk syomkalari rejalashtirilganda taklif qilishadi.
Prodyuser tashkiliy masalalar, byudjet va mutaxassislarni tanlash uchun javobgardir, shu jumladan xavfsizlik bo‘yicha mutaxassisni yollash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Aynan u tasvirga olish jarayoni jamoa uchun xavf-xatarsiz o‘tishi uchun sharoit yaratadi.

Suratga olish jarayoni xavfsizroq bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

Aziza Doniyorova, prodyuser:
O‘zbekistondagi yirik loyihalarda xavfsizlik darajasi oldindan hisoblab chiqiladi, maydonchada dublyorlar va xavflarni nazorat qiluvchi mutaxassislar ishlaydi. Biroq, kichik ishlab chiqarish va mustaqil loyihalarda mas’uliyat ko‘pincha ishtirokchilarning o‘zlariga tushadi, chunki bu yerda ham ortiqcha tavakkalchilikdan qochishga harakat qilinadi. 
Ehtimoliy xatarlarni batafsil tahlil qilib chiqish kerak. Sug‘urta, aniq ko‘rsatmalar, ayniqsa, xavfli sahnalarda shifokorlar ishtirok etishi shart.

Ideal holatda, jarayonni xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar nazorat qilishi kerak. O‘zbekistonda hayotni sug‘urtalash amaliyoti hali keng tarqalmagan, ammo yirik va xalqaro loyihalarda jamoa ham, asbob-uskunalar ham sug‘urtalanadi.
Elektronika do‘koni uchun loyiha suratga olinmoqda. Aziza Doniyorova arxivi
Elektronika do‘koni uchun loyiha suratga olinmoqda. Aziza Doniyorova arxivi
Furqat Fayziyev, aktyor va rejissyor:
Har bir suratga olish guruhi kerak bo‘lsa dublyor va kaskadyorlarni jalb qiladi. Masalan, aktyor avtomobil haydash sahnasida ishtirok etishi kerak bo‘lsa-yu, lekin u transportni boshqarishni bilmasa, uning o‘rnini o‘ziga o‘xshash qomatga ega odam – dublyor egallaydi. Agar balandlikdan yiqilish, olov bilan ishlash yoki otda tryuk qilish kabi murakkab sahna ko’rinishlarida chiqish kerak bo‘lsa, kaskadyor tegishli ruxsat va tayyorgarlik asosida jalb qilinadi. Biroq beparvolik, e’tiborsizlik, qoidalarni mensimaslik holatlari bor. Mening fikrimcha, har qanday favqulodda hodisa, avvalo, inson omilining oqibatidir. Ideal holatda aktyorlar va suratga olish guruhining hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash majburiy bo‘lishi kerak. Ammo filmda murakkab sahna ko‘rinishlari bo‘lmasa, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma berish bilan cheklanish mumkin.
Vladimir Isayev, oliy toifali kaskadyor:
Suratga olish maydonchasida xavfsizlikni ikir-chikirigacha o‘ylab ko‘rish kerak. Asosiy himoya vositalari to‘plami: himoya lentalari, suv zaxirasi, tibbiy dori-darmonlar qutisi, ba’zi hollarda tez yordam brigadasi kerak bo‘ladi.
Ideal variant – shtatda feldsherning bo’lishi.

Agar sahnalar harakatdagi transport bilan bog‘liq bo‘lsa, mahalliy hokimiyatdan oldindan ruxsat olish kerak. Maydonni o‘rab olishadi, begonalarning kirishini cheklashadi, qo‘riqlash uchun Milliy gvardiyani jalb qilishadi. Bu, ayniqsa, pirotexnika, ochiq olov yoki hayvonlar bilan ishlashda muhimdir.
Anastasiya Li, DBLA prodyuserlik studiyasi prodyuseri va hammuallifi:
Agar xavfli sahnalar bo‘lsa, professional kaskadyorlarni jalb qilish qat’iy zarur. Xavfsizlik ustuvor vazifa bo‘lib qolishi kerak. Biroq, amalda xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar va kaskadyorlar har doim ham jalb qilinmaydi – ko‘pincha xavflarni nazorat qilish mas’uliyatini jamoaning o‘zi oladi.
O‘zbekistonda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash (IBFJMS) mavjud, biroq tasvirga olish jarayonida ishtirok etuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini ixtiyoriy sug‘urtalash kamdan-kam uchraydi. Baxtsiz hodisalarning oqibatlari juda jiddiy bo‘lishi mumkinligiga qaramay, ko‘pchilik bunga yetarlicha ahamiyat bermaydi.

Baxtsiz hodisalar nima uchun sodir bo‘ladi?

Vladimir Isayev, oliy toifali kaskadyor:
Ko‘plab aktyorlar tryuklarni o‘zlari bajarishni xohlashadi, ammo tayyorgarliklarsiz bu xavfli. Bunday hollarda dublyor kerak bo‘ladi, chunki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan odam jarohat olishi mumkin. Ammo baxtsiz hodisalar professional kaskadyorlar bilan ham yuz berib turadi.
Fojialarning asosiy sababi – noprofessionallik va xavfsizlik masalasiga nisbatan pul tejashdir.

Ba’zi rejissyorlar tayyorgarlik ko‘rmagan sportchilarni jalb qilib, ularning jismoniy mahorati yetarli deb hisoblashadi. Xavfsiz sharoit yaratishdagi, olov yoki portlovchi moddalar bilan ishlashdagi xatoliklar fojiaga olib kelishi mumkin. Layoqatsiz sahnalashtiruvchilar, o‘z navbatida, arqonlarni noto‘g‘ri mahkamlashlari, pirotexniklar esa aralashmani noto‘g‘ri tayyorlashlari mumkin.
Nima bo‘lganda ham, aynan rejissor va prodyuser maydondagi xavfsizlik uchun mas’uldir, chunki aynan ular jamoani shakllantiradi va odamlarning hayoti bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qiladi.