1. "Zardushtiylik: falsafa, kelib chiqish va e’tiqod" mavzusidagi ma’ruza

Qachon: 22-mart. 14:00 
image
Ushbu ma’ruza dunyodagi eng qadimiy diniy-falsafiy tizimlardan biriga bag‘ishlanadi. Ishtirokchilar Zardusht va uning ta’limoti haqida ma’lumot oladi, zardushtiylik va uning Navro‘z bayrami bilan bog’liqligini  o‘rganadi.
Narxi: 190 000 so‘m

2. Kosa Farm bilan Navro‘z bayrami

Qachon: 21-23-mart. 11:00-22:00
Qayerda: Kosa Farm
image
Mehmonlar sumalak tayyorlashda qatnashib, tilak tilab, cholg‘u musiqasidan zavq olishlari, milliy sport o‘yinlarini o‘ynashlari, ferma hududini aylanib, hayvonlar bilan tanishishlari mumkin. Istovchilar uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tib, baliq ovlash bo‘yicha mahorat darslarida qatnashish imkoniyati mavjud.

3. “Uzumfermer”da “Navro‘z muborak”

Qachon: 21-mart. 11:00
Qayerda: Uzumfermer
image
Mehmonlarni milliy taomlardan iborat erkin dasturxon va Uzumfermer cheksiz sharoblari kutmoqda. Dasturda jonli musiqa, o‘zbek raqslari, davra o‘yinlari, musobaqalar, masxaraboz tomoshalari, sumalak tayyorlash, traktorga minib sayr qilish va noyob buyumlar yarmarkasi mavjud.
Narxi:
Kattalar uchun: 600 000 so‘m
Bolalar uchun: 300 000 so‘m

4. Sumalyak party

Qachon: 21-mart. 11:00
Qayerda: Human House
image
Siz sumalak tayyorlashda qatnashishingiz, jonli musiqa tinglashingiz, taomlardan bahramand bo‘lishingiz va samimiy davrada vaqt o‘tkazishingiz mumkin. Sizni bayramona muhitda choy, shirinliklar va ezgu tilaklardan bahramand bo‘lish kutmoqda.
Kirish bepul

5. Meros Gallery bilan Navro‘z bayrami

Qachon: 21-mart. 14:00 
Qayerda: Meros Gallery 
image
Bu bahor bayrami musiqa va san’at muhitida nishonlanadi. Mehmonlarni yosh ijodkorlar va poytaxtning elektron sahna yulduzlari bilan line-up, sovg‘alar o‘yini, sumalak tarqatish, mualliflik kokteyllari, an’anaviy xitoycha choy marosimi hamda Shakar teatrining hissiyotga cho’mdiruvchi tomoshasi kutmoqda.
Kirish bepul

6. Toshkent bog‘larida bayram shou-dasturlari

Qachon: 21-mart
image
Poytaxtimizdagi ko‘plab bog‘larda Navro‘zga bag‘ishlangan bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Mehmonlar sumalak pishirish, milliy taomlar va o‘yinlar, animatsion shoular, konsert dasturi va jonli musiqalardan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Kirish bepul

7. Sumalyak Party

Qachon: 20-mart. 20:00
image
Bu uchrashuvda mehmonlar sumalak tayyorlashda qatnashish, suhbatlashish va iliq muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kirish bepul

8. "Xushtaklar sadosi" ko‘rgazmasining ochilishi

Qachon: 20-mart. 19:30
Qayerda: Cultura gastrobar
image
Navro‘zga bag‘ishlangan ushbu ko‘rgazma toshkentlik rassom Serafim Dim va hunarmand Roza Baxranovaning asarlarini o‘z ichiga oladi. Mehmonlar nafaqat ko‘rgazmani tomosha qilishlari, balki qadimiy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlab, xushtak ham xarid qilishlari mumkin.
Kirish bepul