Special Kettik! — Navro‘z 19.03

Kettik!

Haftalik afisha

26-martgacha bayram tadbirlari to‘plami.

Payshanba

TADBIR

7. Sumalyak Party

7. Sumalyak Party

Bu uchrashuvda mehmonlar sumalak tayyorlashda qatnashish, suhbatlashish va iliq muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Privé7 Tashkent

Kirish bepul

TADBIR

8. "Xushtaklar sadosi" ko‘rgazmasining ochilishi

8. "Xushtaklar sadosi" ko‘rgazmasining ochilishi

Navro‘zga bag‘ishlangan ushbu ko‘rgazma toshkentlik rassom Serafim Dim va hunarmand Roza Baxranovaning asarlarini o‘z ichiga oladi. Mehmonlar nafaqat ko‘rgazmani tomosha qilishlari, balki qadimiy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlab, xushtak ham xarid qilishlari mumkin.

Cultura gastrobar

Kirish bepul

Juma

MUSIQA

2. Kosa Farm bilan Navro‘z bayrami

2. Kosa Farm bilan Navro‘z bayrami

Mehmonlar sumalak tayyorlashda qatnashib, tilak tilab, cholg‘u musiqasidan zavq olishlari, milliy sport o‘yinlarini o‘ynashlari, ferma hududini aylanib, hayvonlar bilan tanishishlari mumkin. Istovchilar uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tib, baliq ovlash bo‘yicha mahorat darslarida qatnashish imkoniyati mavjud.

Kosa Farm

MUSIQA

3. “Uzumfermer”da “Navro‘z muborak”

3. “Uzumfermer”da “Navro‘z muborak”

Mehmonlarni milliy taomlardan iborat erkin dasturxon va Uzumfermer cheksiz sharoblari kutmoqda. Dasturda jonli musiqa, o‘zbek raqslari, davra o‘yinlari, musobaqalar, masxaraboz tomoshalari, sumalak tayyorlash, traktorga minib sayr qilish va noyob buyumlar yarmarkasi mavjud. Kattalar uchun: 600 000 so‘m Bolalar uchun: 300 000 so‘m

Uzumfermer

MUSIQA

4. Sumalyak party

4. Sumalyak party

Siz sumalak tayyorlashda qatnashishingiz, jonli musiqa tinglashingiz, taomlardan bahramand bo‘lishingiz va samimiy davrada vaqt o‘tkazishingiz mumkin. Sizni bayramona muhitda choy, shirinliklar va ezgu tilaklardan bahramand bo‘lish kutmoqda.

Human House

Kirish bepul

SAN’AT

5. Meros Gallery bilan Navro‘z bayrami

5. Meros Gallery bilan Navro‘z bayrami

Bu bahor bayrami musiqa va san’at muhitida nishonlanadi. Mehmonlarni yosh ijodkorlar va poytaxtning elektron sahna yulduzlari bilan line-up, sovg‘alar o‘yini, sumalak tarqatish, mualliflik kokteyllari, an’anaviy xitoycha choy marosimi hamda Shakar teatrining hissiyotga cho’mdiruvchi tomoshasi kutmoqda.

Meros Gallery

Kirish bepul

MUSIQA

6. Toshkent bog‘larida bayram shou-dasturlari

6. Toshkent bog‘larida bayram shou-dasturlari

Poytaxtimizdagi ko‘plab bog‘larda Navro‘zga bag‘ishlangan bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Mehmonlar sumalak pishirish, milliy taomlar va o‘yinlar, animatsion shoular, konsert dasturi va jonli musiqalardan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Kirish bepul

Shanba

MA’RUZA

1. "Zardushtiylik: falsafa, kelib chiqish va e’tiqod" mavzusidagi ma’ruza

1. "Zardushtiylik: falsafa, kelib chiqish va e’tiqod" mavzusidagi ma’ruza

Ushbu ma’ruza dunyodagi eng qadimiy diniy-falsafiy tizimlardan biriga bag‘ishlanadi. Ishtirokchilar Zardusht va uning ta’limoti haqida ma’lumot oladi, zardushtiylik va uning Navro‘z bayrami bilan bog’liqligini o‘rganadi.

Book Cafe Tashkent

190 000 so‘m

Oldingi sonlar

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.