O‘zbekistonda "Shohi Zinda" loyihasi doirasida mashhur qadimiy majmua raqamlashtiriladi, deya xabar berdi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati.
Virtual ekskursiyalarni o‘tkazish uchun tarixiy yodgorlikning raqamli maketi va maxsus media kontent yaratiladi. Loyiha O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyiha "Shohi Zinda" majmuasining tarixi, me’morchiligi, bezaklari va epigrafik yozuvlarning ahamiyati kabi qiziqarli faktlar haqida hikoya qiladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yodgorlikni "jonlantirish" rejalashtirilgan, bu esa mualliflarning g‘oyasiga ko‘ra tarix va san’at ixlosmandlari uchun haqiqiy muhit yaratadi.
Shohi Zinda — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, Qoraxoniylar va Temuriylar hukmronligi davriga oid o‘n bitta o‘rta asr maqbaralaridan iborat ansambl. YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.