Osmono‘par binodagi tushlik (Lunch atop a Skyscraper) — 1932-yilda Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazi qurilishi paytida olingan ramziy fotosuratdir.
Suratda yerdan taxminan 250 metr balandlikdagi ingichka metall to‘sin ustida o‘tirgan 11 nafar ishchi tasvirlangan. Ular hech qanday xavfsizlik moslamalarisiz ovqatlanishmoqda, chekishmoqda va suhbatlashishmoqda. Biz bunday balandlikda aql bovar qilmas xotirjamlikni ko'rib hayratlanishimiz mumkin. Surat RCA binosi (hozirgi GE Building, Rockefeller Center`ning bir qismi) qurilishi paytida olingan.
Uzoq vaqt davomida surat muallifi noma’lum bo‘lib kelgan, ammo hozirda u fotograf Charlz Ebbetsga tegishli deb hisoblanmoqda. Biroq, fotosuratni yaratishda boshqa fotograflar ham ishtirok etgan bo'lishlari mumkin. Foto yangi binoni ommalashtirish maqsadidagi reklama kampaniyasining bir qismi sifatida olingan.
Ushbu kadr AQSH sanoat davrining ramzi bo‘lib, muhojir quruvchilarning jasorati va mehnatsevarligini aks ettiradi (ishchilarning aksariyati irlandiyalik va italiyalik edi). O‘sha davrdagi ko‘plab ishchilar ko‘pincha xavfsizlik moslamalarisiz ishlagan degan keng tarqalgan afsonaga qaramay, aslida xavfsizlik masalasi suratda ko‘ringanidan ko‘ra yaxshiroq tashkil etilgan edi.
Fotosurat tarixdagi eng mashhur suratlardan biri bo‘lib qolmoqda va ko‘pincha qo‘rqmaslik hamda qat’iyat ramzi sifatida ishlatiladi.