Davlat rahbari O'zbekistonning betakror tabiati, tog‘lari, yaylovlari va tarixiy obidalari kinoindustriya, konsert-tomosha va turizm sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi.
"Masalan, “Ichan qal’a” tarixiy kino va serial olish uchun tayyor sahna. Ko‘p davlatlar bunday sahna paviloni qurishga millionlab dollar sarflayapti"
dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qo‘qon, Namangan kabi yirik shaharlarda xalqaro ko‘rgazma, forum va konsertlar o‘tkazish uchun barcha sharoit borligini ta’kidladi.
O'zbekiston rahbari bu sohalarda loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
“Men ham mana shunday sohalarda loyiha qilaman, degan intiluvchan tadbirkorlarga eng qulay sharoitlar yaratib berishga tayyorman”
dedi u.
O‘zbekistonning muhim joylari turli xil filmlarni suratga olish uchun ko‘p marotaba foydalanilgan. Biroq, ularning aksariyati Sovet Ittifoqi davrida tasvirga olingan edi.
So‘nggi shunday mashhur filmlar orasida "Visotskiy. Tirikligingiz uchun rahmat", shuningdek, ba’zi teleko‘rsatuvlarni aytib o'tish mumkin.