Aniq tafsilotlar keltirilmagan, biroq davlat rahbari xorijda milliy brendni targ‘ib qilishga ham e’tibor qaratdi.
"Prezident majmuaning iqtisodiy ahamiyati va aholi uchun qulayligini e’tirof etib, investor va tadbirkorlarga ko‘mak berish bundan keyin ham davlatimiz siyosatining strategik yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’kidladi. Milliy mahsulotlarimizni brendga aylantirish, ularni tashqi bozorlarda tanishtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi"
deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining o‘tish joylarida savdo rastalarini o‘rnatish rejalashtirilgan edi.
2020-yil sentyabr oyida Yashnobod tumanidagi yer usti metrosi ostidagi hududni obodonlashtirish, u yerda kafe, restoran va do‘konlar ochish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi. Metro liniyasi bo‘ylab ko‘chani avtomobillar va velosiped yo‘laklari bilan parallel ravishda sayr qilish zonasi yaratish uchun kengaytirmoqchi bo‘lishdi.