Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan Geologiya muzeyining sobiq binosi madaniy meros obyekti sifatida saqlab qolinadi. Bu haqda Madaniy meros agentligi qo‘shni binolarning buzilishi bo‘yicha fuqarolarning xavotiriga munosabat bildirgan holda ma’lum qildi. Shu bilan birga, yaqin atrofda ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan.
1928-yilda qurilgan muzey binosi Madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. 2024-yil oxiridan boshlab muzey Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Geologiya fanlari universitetining yangi kampusiga ko‘chirildi, eski bino esa hozircha bo‘sh turibdi.
2022-yilda u tarixiy qiyofasini saqlab qolish majburiyatini olgan xususiy investorga sotilgan. Ilmiy-ekspert kengashi muzeydan 50 metr masofani saqlash sharti bilan qo‘riqlanadigan hududda qurilishga ruxsat berdi.
Shuningdek, investorga binoni mustahkamlash va namlikdan himoya qilish ishlarini amalga oshirish topshirildi. Jarayonni ekspertlar F.Usmonov, X.Sultonov va M.Mo‘min-Oxunova nazorat qiladi.