Bu Ikkinchi jahon urushining tugashini anglatuvchi tarixdagi eng mashhur fotosuratlardan biridir. Suratda qoramtir kiyimdagi dengizchi Tayms-skverning qoq o‘rtasida oq kiyimdagi hamshirani ehtiros bilan o‘pib turibdi. Ushbu lahza 1945-yil 14-avgustda — AQSH Yaponiyaning taslim bo‘lganidan xabar topgan kuni tasvirga olingan, bu esa urush tugaganini anglatardi.
image
Nyu-York ko‘chalari g‘alabani nishonlayotgan hursand odamlar bilan to‘ldi. Shu kayfiyatda yosh dengizchi birinchi duch kelgan ayolni ushlab, uni o‘pdi. Ushbu tasodifiy lahzani LIFE jurnalida ishlagan fotograf Alfred Eyzenshtadt suratga olgan.