Tomonlar qo‘shma loyiha — "Tirik tarix" keng ko‘lamli turkumi doirasida Amir Temur va temuriylar davri haqida film suratga olishga e’tibor qaratishdi. Suratga olish ishlarining bir qismi Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u yerda ushbu davr bilan bog‘liq muhim tarixiy joylar saqlanib qolgan.
O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan boshlangan "Tirik tarix" loyihasi 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan. U mamlakat tarixining muhim davrlari — qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo‘lgan davr haqida filmlar turkumini yaratishni o‘z ichiga oladi.
"Ushbu loyiha milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish va yosh avlodga tarixiy bilimlarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi"

deya ta’kidladi Kinematografiya agentligi.