"Aut" — O‘zbekistondagi futbol va u bilan bog‘liq noqonuniy sxemalar haqidagi kriminal drama.
Loyiha 20-25 daqiqadan iborat 10 ta qismni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi mavsum suratga olinishi ham mumkin.
Syujet og‘ir jarohatdan so‘ng noiloj ahvolga tushib qolgan yosh futbolchi Jasur haqida hikoya qiladi. Qimmatbaho operatsiyani to‘lash uchun u futbol olamidagi tanishlari yordamida kelishilgan o‘yinlarni tashkil etishga jalb qilinadi.
Filmda bosh rollarni Karim Mirxodiyev, Samandar Salmetov, Mohlaroy Sobirova va boshqa taniqli aktyorlar ijro etgan. Serial avvalroq "Admin" serialini yaratgan ozarbayjonlik rejissyor Elshan Namozli tomonidan suratga olingan.