Qisqacha mazmun
Biz bu yerda qahramonning asosiy fikrlarini tezda mazmuni bilan tanishmoqchi bo‘lganlar uchun to‘pladik. Video va intervyuning to‘liq yozma variantini quyida joyladik.
Bolaligidan rasm chizishga qiziqqan, Gulistondagi rassomlik maktabida o‘qigan, keyin Behzod nomidagi institutning dizayn fakultetiga o‘qishga topshirgan – chunki rassomchilik fakultetiga qabul qilishmagan. Uning hisoblashicha, bu uning san’atga bo‘lgan qarashlarini kengaytirgan. O‘qishni tugatgandan so‘ng, u NBU galereyasida ishlay boshladi, u yerda rassomlar bilan tanishdi va ko‘rgazmalarda faol ishtirok eta boshladi. 2008-yilda u hamkasblari bilan “5+1” guruhini tuzdi, ular birgalikda biennaleda ishtirok etishdi, Gretsiya va Avstraliyada chiqishlar qilishdi. Yorqin obrazlardan biri – Rumiyning masallaridan ilhomlanib, Sidney ko‘chalarida sham yoqib sayr qilish bo‘ldi.
San’at shunchaki texnika emas, balki ma’no va ichki kechinmalarni ifoda etish usulidir.
U rangtasvir, video san’ati va installyatsiya bilan ishlaydi, lekin rassomni texnika emas, balki ichki ma’nolarni yetkazish qobiliyati belgilaydi, deb hisoblaydi. Hanuzgacha o‘zini izlashda davom etmoqda va o‘z kuchini aynan shunda ko‘rmoqda.
Oila – tayanch, to‘siq emas: ijod uchun vaqt oz, lekin asosiysi – uni topish istagi. Ota-onam akalarimning shubhalariga qaramay, rassom bo‘lish tanlovimni har doim qo‘llab-quvvatlashgan. Ishonchim komilki, haqiqiy rassomga katta ustaxona kerak emas – ehtiros va diqqatni jamlashni o‘zi kifoya.
San’atda albatta ma’no va chuqur mazmun bo‘lishi kerak.
Sharq dunyoga san’atda yangilik taklif qilishga qodir, Markaziy Osiyoning yosh rassomlari esa bugunning o‘zidayoq muhim ijtimoiy mavzularni yoritmoqda. San’atkor shuhrat qozonishni emas, balki yangilik yaratish imkoniyatini orzu qilishi kerak. Yomon rassom bo‘lmaydi. Asosiysi – to‘xtab qolmaslik.
Intervyuning video versiyasi
Biz ushbu variantni ko‘rishni va eshitishni ma’qul ko‘radiganlar uchun tayyorladik.
To‘liq versiyasi
Bu yerda biz intervyuning to‘liq variantini e’tibor bilan o‘qiy olishingiz uchun taqdim etmoqdamiz.
— Sanjar aka tasviriy san’atga kirib kelishingiz haqida gapirib bera olasizmi?
— Men yoshligimdan chizishga qiziqib kelganman, ilk chizmalarim yoshligimdan boshlab, shunchalik qanaqadir chizmalar bo‘lgan va xususiylashtirilgan maktabga topshirib, 5-sinfdan shu maktabda o‘qishni boshlaganman. San’atni chuqur o‘rganish texnikasini, kompozitsiyani shu yerdagiustozlarim o‘rgatib borishgan va shundagina ranglarni, teksturalar ya’ni o‘sha bor texnikani o‘rganib, 2004-yil institutga topshirganman. Afsuski, rang-tasvirbo‘limiga qabul qilishmagan, dizayn sohasiga yo‘naltirishgan: ishlarimni, chizmalarimni ko‘rib, dizayn sohasiga yo‘naltirishgan. Dizayn sohasida to’rt yil o‘qib, 2008-yil institutni bitirib, Toshkent san’at galeriyasiga ishga kirganman. U yerda boshqa bir pog‘ona boshlangan.
San’atdagi yangi hayot boshlangan. U yerda tasviriy san’at xodimlari yordamida biz juda ko‘p rassomlar bilan tanishib, vaholanki, shu yerda ishlab, ko‘p asarlar ko‘rib, ko‘rgazmalarda ya’ni o‘sha amaliyot boshlangan. O‘shanda men tushungandimki, san’at sohasi, tasviriy san’at sohasi yo‘llanmasi ya’ni rassom bo‘lishni tushungandim. Ko‘p suhbatlar bo‘lardi, juda katta bir maktabga ega bo‘lganmiz, bo‘lganmiz deganim sababi Tasviriy san’at galeriyasida nafaqat men, boshqa rassomlar ham ishlashgan. Undan keyin 2008-yil guruh tashkil qilganmiz, “5+1” deb nomlangan. O‘sha yili biz Tasviriy san’at galeriyasida ilk ko‘rgazmamizni tashkil qilganmiz. Konsultant ko‘rgazma bo‘lgan, instalyatsiya, videoart taqdim qilingan va juda muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tgan. Shundan keyin biz guruhimiz bilan Toshkent biyennalesiga qatnashganmiz, xalqaro biyennalelarga qatnashganmiz va o‘sha yili adashmasam xalqaro biyennalega perform taqdim etganman va o‘shanda Gretsiya biyennalega yo‘llanma olganman.
2009-yil Gretsiyaga borib videoinstalyatsiya qilganman. Chunki o‘sha yillari meni ilk qadam qo‘yganim konsptual san’at bo‘lgan va men o‘sha san’atga bo‘lgan qarashim faqat konsptual san’at bo‘lgan. Ikki yil- uch yil mobaynida meni hayotga bo‘lgan, san’atga bo‘lgan tajribam oshgan va meni 2010-yil yana chet el safarida bo‘lganman, u yerda bir yil yashab, keyin rang-tasvirga ilk qadam qo‘yganman, o‘zimni stilimni topganman va o‘zimni rangimni topganman. Yana bir qiziq voqea bo‘lgan, o‘sha yerda juda katta bir shaharda musofirchilikni his qilganman, kuppa-kunduzi o‘sha shaharda sham yoqib yurganman. Jaloliddin Rumiyning bir qissasi bor: Rumiy shaharda kuppa-kunduzi sham yoqib o‘zini qidirib yurgan, shogirdi “ustoz nima qilyapsiz, kuppa-kunduz kuni kimni qidiryapsiz” desa “o‘zimi qidiryapman” degan.
Xuddi shunday men ham katta shaharda shamni yoqib o‘zimni qidirganman. Juda chiroyli perfoms bo‘lgan, buniNigora Rahimovnaga jo‘natganimda qiziqqan va shu loyihani, shu konsepsiyani katologlariga qo‘shib qo‘ygan. Qaytib kelganimdan keyin Toshkentda juda katta loyihalar bo‘lib o‘tgan, ko‘p voqealar bo’lgan san’at sohasida, "fond-forum" tashkilotchilari har yili kuzda juda katta san’at bayramlari uyushtirishardi. Bunda biz faol ishtirok etganmiz bollar bilan, Akbar aka loyiha qilganlar, Nigora Rahimovna o‘zlarining loyihalari bilan chiqqanlar. Akbar akani juda bir menga yoqqan loyihalari shogirdlari bilan har yili noodatiy bir yondashuv bilan loyihalar qilardilar. Men eslayman birinchi qatnashgan loyiham bu ayolga bag‘ishlangan, ruschasiga “Lunolikaya” bo‘lgan. Unda men videoart taqdim etganman, undankeyin men safarda bo‘lganimda ular “Карол Аристотель” loyihasi bo‘lgan, afsuski unda qatnasha olmaganman, undan keyin “Turkiston remyeyki” – judakatta loyiha bo‘lgan u ham, unda bizga Turkiston fotoalbomidan rasmlar taqdimetilgan, biz shu rasmlardan asarlar yaratishimiz kerak edi ya’ni bu ham bir judaqiziq loyiha bo‘lgan.
Nigora Ahmedova o‘zlarining “Знаки времени” loyihalariniolib borganlar, u yerda ham men videoart – ko‘zi ojiz odam bilan suhbat loyihasi bilan qatnashganman, u loyihada ham juda qiziq voqealar bo‘lgan, chunki ko‘zi ojiz odam bilan yashayotgan katta shaharini tasavvurini men intervyu qilib olganman. Juda qiziq suhbat bo‘lib o‘tgan, Akbar akani loyihalarida ham videart bilan qatnashganman: do‘ppifurush loyihasi. Undan keyin 2011-2012-yillar Yevropaning bir nechta davlatida biz qatnashganmiz va 2014-yil adashmasam ilk bor Dubayda, Abu dabida shaxsiy ko‘rgazmam bo‘lib o‘tgan. Natalya Andakulovagaleriyasi tashkil qilgan, juda muvaffaqiyatli o‘tgan, katologlar chiqarilgan vao‘sha 2016-yil bizda shu Andakulova galleriyasi orqali Abu-Dabi sheyxi tashkil qilgan art rezidensiga taklif qilinganmiz va o’sha yerda bir oy biz mahoratimizni oshirganmiz, bir oy hurmatga ega rassomlar bilan yonma-yon ijod qilganmiz, judabir qiziq loyiha bo‘lgan Art Residencia.
Va o‘sha yerda oyni oxiriga kelib biz ko‘rgazma tashkil qilib, ishlarimizni taqdim etganmiz, unda men 7 ta rang tasvirmatolarimni taqdim etganman. Aytmoqchi bo‘lganim, bu men uchun juda katta praktika bo‘lgan va suhbat, kechalari suhbat bo‘lardi, shaharni ko‘rib kelardik, muzeylarni, galeriyalarni va 2018-yil Xitoyga safar qilganman. U yerda ham rassomlar kollektivi ko‘rgazma bo‘lgan "O‘zbekiston–Xitoy–Buyuk ipak yo‘li" loyihasi bo‘yicha bo‘lgan bu va u yerda ham biz rassomlar bilan katta ko‘rgazma tashkil qilganmiz. O‘shanda meni taasurotimda Xitoy juda chuqur qolgan, chunki men boshqacha deb tassavur qilgandim, lekn borganimdan keyin katta- katta muzeylarni ko‘rib hayratda qolganman. Undan keyin kelib Toshkentda ijod qildm.
Toshkentni loyihalarida qatnashdik biyennelilarda va hozirgi kunda deylik, o‘sha shaxsiy bir ustaxonamda ijod qilib, kichik bir loyihalarga qatnashib, ustozlargayordam berib, o‘sha Akbar akani ham loyihasi bo‘lgandi, unga ham yordam beribqatnashib, Dinara Do‘ltayeva, Dinara&Co kitob nashr etilgan "Империя Шелка" men uchun katta praktika bo‘lgan bu ham Akbar aka bilan birga ishlab, o‘sha kitobni men illustratsiyasi ustida ishlaganman va men uchun juda katta baza bo‘lgan, chunki Akbar aka bilan har doim ishlasam menga katta baza berardilar. Bu bazani men bir necha yillar davomida ustida ishlasam, ishlayman.
Hozirgi kungacha menga o‘sha hikoya, roman menga juda katta bir ilhom berib keladi, shu kungacha. Maktabda ishladim, kollejda, maktabda dars berdim, chunki bu pog‘onadan ham o‘tishi kerak rassom. O‘quvchilar chiqardik ko‘pgina, shu kungacha o‘quvchilarim qanaqadir kasbga ega, yaxshi-yaxshi kasblarga ega. Bitta shu shogirtim bilan o‘sha loyiha ustida ishladik "Империя Шелка" kitobida. Shunaqa taqdir ekan va personal shaxsiy ko‘rgazmalarim bo‘lib o‘tdi Toshkentda, shunaqa.
— Hozir gaplaringizdan bilsak bo‘ladi, siz multidisciplinar rassomsiz, ko‘p yo‘nalishlarni tanlagansiz bu yo‘nalishlarga kirishizni sababi, masalan gruppada bo‘lganingizmi yoki dizaynda o‘qiganingizmi yoki aytsak bo‘ladiki hozirgi zamon talabimi bu, nima deb o‘ylaysiz?
— Mani dizaynda o‘qiganligim sababli, o‘sha rassomchilikka qabul qilmagani, men uchun baxt bu, menimcha agar qabul qilganda edi men rassom bo‘lolmasdim. Rassom bo‘lish bu nafaqat texnika yoki bir qanaqadir o‘qish deb o‘ylamayman. Rassom bu o‘sha dunyoqarashini keng qilib, aytmoqchi bo‘lgan gapini ayta olishni rassom deb bilaman.
— Siz o‘ylaysizki, insonlar uchun videoartni tushunib yetish osonroqmi tasviriy san’atga qaraganda?
— Yo‘q, uni farqi yo‘q. O‘sha narsani aytolsangiz, o‘sha ichingizda sizni qiynayotgan muammoni yetkaza olsangiz farqi yo‘q uni qanaqa uslubda balki u videoartdir, balki u rang tasvirdir, balkim istalyatsiyadir. Agar o‘shani kerakli joyida, kerakli paytida gapiraolsangiz, albatta, hamma tushunadi buni, chunki bu vizual san’atda.
— Masalan, rang-tasvirda ham, boshqa san’at turlarida ham ma’no - mazmun birlamchimi yoki rang, texnika va hokozolar ?
— Rang tasvirda,men o‘ylaymanki, har bir san’at asarida ma’no - mazmun bo‘lishi kerak. U videoart bo‘ladimi, instalyatsiya bo‘ladimi yoki bir rang tasvir bo‘ladimi unda ma’no mazmun bo‘lishi kerak, chunki biz axborot yetakchisimiz. Bizni axborotlar odamlarni yetaklashi kerak bu esa san’at orqali bo‘ladi.
— Masalan, hozirgi paytda juda ham ko‘p zamonaviy san’at, konseptual san’atrassomlari qanaqadir absurdgacha yetib keldi deb hisoblaydi, chunki masalan qilib Mauritso Kattelian "Komediyachi" oxirgi yillarda eng ko‘p quloqqa chalinadigan asarlardan. Har doim u haqida nimadir fikrlar eshitamiz, lekn insonlar qanaqadir sintetik tarzda unga man’o-mazmun qidirmaydimi hozir?
— Maurizio Kattelan, u juda geniy odam hisoblanadi, chunki uni gʻoyasi unga hozirgi kunda odamlarni chalgʻitib, yoʻldan chalgʻitib, noodatiy holda qilgan perfonslari oʻsha odamlarni hayot tarzini oʻzgartiraoladigan kuchga ega-da u odamsan’at tarixini ham oʻzgartiraoladigan kuchga ega. Balki, uni ustida juda koʻp odam ishlasa kerak, bilmadim, lekn xuddi Benksiga oʻxshab u ham hammani absurdga olib kelishi mumkin yoki boshqa bir yoʻlga olib ketishi mumkin, shunaqa kuchga ega.
Chunki hozirgi zamonda odamlarni hayratda qoldirish juda qiyin, chunki axborot texnologiyalar juda rivojlanib ketgan. Rassom oʻshanga moslashishi kerak. Moslasholmasa, kech qolsa u kech qoldi degani. Agar bananni gapirayotgan boʻlsangiz, u bitta Kattelan sim qoqsa ham uni san’at darajasiga olib keladida, unga katta bir gʻoya qoʻshadi men bunga qoʻshilaman.
Chunki, uni praktikasida juda katta loyihalar boʻlgan, boʻldi u hozir juda katta geney rassom hisoblanib, bilmiman, balki mix qoqib ham mana shu narsani san’at deyishga ham haqqi bor, chunki uni shu narsaga takliflari ham bor. Bunga misol juda ham koʻp Deymen Xerst tagʻin bilmiman yana koʻp rassomlar bular katta fabrikaga aylantirishdi, fabrika ularga katta pul olib keladi, juda katta slava olib keladi, ya’ni oʻsha muvaffaqiyat olib keladi, bular oʻsha narsani ushlab turishadi.
Dunyo, zamon odamlar oʻzgargan ular oʻsha narsaga moslashib, sanpat tarixini oʻzgartirib ularni ustida juda katta odamlar ishlab korporatsiya boʻlib ketganmi bilmayman. Bu Gʻarb toʻgʻrisida gap ketyapti, Sharq umuman boshqa bir dunyo, boshqa tendensiya unga balki, Sharq yaqinda Gʻarbni yutadi, chunki bizda madaniyat haliyam oʻsha holatda turibdi, menimcha keyingi navbat Sharqqa boʻladi, san’at yoʻli boʻyicha, madaniyat oʻchogʻi faqat bunga yetarlicha harakat qilinishi kerak.
Mana Eron san’atini olaylik zamonaviy san’at, Yaqin Sharq yoki Arabistonmasalan, hozirgi zamonaviy, menimcha juda katta bir oʻzgarishlar boʻlyapti, bunga bizni ham ta’sirimiz Xudo xohlasa harakat qilsak oʻzimizni hissamizni qoʻshamiz, oʻzgarishlarga.
— Hozir aytishimiz mumkin hozir san’at tarixi boʻyicha ham eng yorqin asarlar qanaqadir ijtimoiy — siyosiy mavzularni oʻziga qamrab oladi. Masalan, hozir aytishimiz mumkin, Gʻarbda ham, Sharqda ham masalan, Sharqda Ay Veyvey, Gʻarbda Maurizio Kattelanga oʻxshagan insonlar asosan ijtimoiy — siyosiy mavzularda yaratishadi. Bizda ham shu yoʻnalishda ishlasak, koʻp muammolarni yengishimiz mumkinmi?
— Yengishimiz mumkin, albatta, bunda hech qanaqa shubha ham yoʻq, chunkibizda, yani Oʻrta Osiyo rassomlarini bilaman bu Vyachislav Axunov shunaqarassomlardan ularni oʻsha qolibi Ay Veyvey bilan bir xil, ya’ni sa’nat konsepsiyasi, ularni gʻoyasi. Biz umuman shunaqa boʻlishimiz kerak umuman, chunki sa’nat axborot yetakchisi boʻlishi kerak, lekin bizda yana bir narsa bor biz Sharq odamlarimiz Oʻrta Osiyo baribir o’troq xalq boʻlgan, bizda nima uchun olimlar koʻp boʻlgan, oʻsha oʻzini paytida dunyo tanigan insonlar koʻp boʻlgan, chunki biz o’troq xalq boʻlganimiz uchun biz koʻpincha katta-katta gʻoyalarga, juda katta asarlar yaratishga imkonimiz boʻlgan. Oʻsha uchun bizda juda chuqur falsafaga ega rassomlar bor. Ular oʻzini hayotida yoki praktikasida baribir ham falsafaga urgʻu berishadi, bu bizni qonimizda bor. Biz muammolarni oʻtkir bir holda emas, falsafa orqali yetkazib berishgan. Oʻsha uchun albatta muammolarni koʻtarish kerak va koʻtarilyapti bugungacha. Xudo xohlasa kelajakda yoshlar shunaqa bir yetakchilarga ega boʻladi deb oʻylayman.
— Sizni hayotingizda eng esda qolgan videoartingiz yoki performnsingiz, instalyatsiyangiz haqida aytib bera olasizmi?
— Meni, menimcha eng yaxshi qilgan, lekin hammasi yaxshi menda ichimdajuda ta’sir qoldirgan bu oʻsha "Doʻppifurush" boʻlgan, Akbar akani Turkistonremeykida qoʻygan videoartim, unda oʻzim ham qatnashganman. Meni oʻzim uchun qanaqadir yangilik qilganman. Oʻzimni praktikamda, oʻzimni san’at yoʻlimda men uchun yangilik boʻlgan. Bilmiman qolganlar uchun qanaqa boʻlgan. Va performnsim o‘sha Sidneyda sham yoqib, o‘zimni qidirganim bo‘lgan. Bo‘lgan undan oldin ham, 2008-yil banka yopganimda. Men uchun boshlanishi bo‘lgan, o‘shaning uchun esimda qolgan. Lekin takror qilmoqchi bo‘lgan narsalarim o‘sha misol uchun sham yoqib yana ko‘chalarda yurgim keladi chunki bu narsa har doim aktual.
— Siz hozir rassom sifatida o‘zingizni topgansiz deb hisoblaysizmi?
— Yo‘q, chunki har doim qidiraman, har doim. O‘sha siz bergan savolga ham javob bo‘lishi mumkin. Hamma narsani qilishga harakat qilaman. Qachonki nimadir topsam agar, misol uchun, o‘sha balkim o‘sha yo‘ldan ketishi mumkin. Hozircha qidiryapmiz.
— Mana siz oilali insonsiz, o‘ylasizmi oila bir qanaqadir rassomni ozod hayotidan qanaqadir bariyermidi yoki to‘siqmi chunki bilishimiz mumkin ko‘p rassomlar oila qurgandan keyin bu ishdan ketishadi boshqa yo‘nalishga o‘tib ketishadi, boshqa kasblarni tanlab ketishadi.
— Endi. To‘g‘risini aytsam men hali rassom ham bo‘lganim yo‘q. Va oilani ta’siri bor. Ta’siri bo‘ladi, chunki har bir farzand tug‘ilishi sizning har kuningiz, misol uchun shu farzandga kuningizni ajratishingiz, ya’ni ijodga bo‘lgan kuningiz qisqarib boraverishi. Bu yerda hech qanaqa, to‘g‘risini aytsam, hayotimda siqlish ham bo‘lmagan yoki biror nima bo‘lmagan chunki oila bu muqaddas. Unga alohida bir qanaqadir nazar tashlash (e’tibor qilish) kerak. Shart bu narsa, tarbiyasiga bolani.
San’atga misol uchun bir kunim agar misol uchun ketsayam bu juda katta bir qadam, katta bir harakat bo‘ladi. Chunki o‘zi rassomga ko‘p vaqt ham kerak emas. Ikki soat yoki uch soat ishlasa bo‘ladi, o‘sha ish bo‘ladi u uchun. Qolgan paytlar u qaytib, o‘sha qilgan ishini buzishi mumkin. Qolgan vaqt. Eng produktiv (samarali) vaqti o‘sha ikki soat yoki uch soat, faqat uni topish… men chunki o‘ylab boshlaganimda, farzand tug‘ilganda, ikkinchi farzandim tug‘ilganda tong sahar ustaxonaga ketardim. Chunki hali hech kim uyg‘onmagan bo‘ladi. Va hali bollarim uyg‘onmasdan, hayot boshlanmasdan ustaxonada bo‘lardim. O‘sha paytda eng zo‘r payt hisoblanadi. Chunki hali hech kim uyg‘onmagan bo‘ladi.
Siz yolg‘iz bo‘lasiz. Mato bilan, boshqa narsa bilanmi. O‘sha payt konsentratsiya (diqqatni jamlash) bo‘ladi, o‘sha payti ishlaysiz va juda bir qiziq voqealar bo‘ladi.Tong sahar ustaxonaga ketganingizda boshqa bir rassomni uchratib qolasiz. So‘rashib, kuningiz hayrli o‘tsin deb. Mana shunaqa bir ajoyib esda qolarli voqealar bo‘ladi. Endi odam o‘ziga vaqt topaman desa topadi. Hamma narsani misol uchun joy-joyiga qo‘yib uni kundalik tarziga o‘tkazib. Ijod qiladigan odam har doim vaqtini topadi chunki mana shundan kelib chiqqan holda aytmoqchimanki, o‘zi rassomga katta joy ham kerakmas.
Misol uchun birinchi boshlagan chet eldagi joyim kichkinagina joy bo‘lgan. O‘sha yerga to‘shab ishlardim. Xuddi shunday ustaxonama-ustaxona yurganimda, kollejda ishlab yurganimda darsdan keyin yoki darsdan oldin ishlardim. Undan keyin misol uchunbir qanaqadir joyda vaqtinchalik ishlaganimda, u joyni buzishmoqchi bo‘lishgan ishlarimni olib chiqib tashlashgan. Ishlarimni yomg‘ir tagidan, qanaqadir teshikdan topganman.
Endi bu bo‘ladigan narsa lekin aytmoqchimanki rassom uchun bu muhim lekin katta joy ham kerakmas.
To‘g‘risini aytsam, san’at faqat rassomga kerak, boshqa hech kim kerak emas. Uning san’ati faqat unga kerak.
— Mana o‘zingizning oilangizdagi yoki qurgan oilangizda sizni bu yo‘ldan qaytarishga harakat qilishganmi?
— Qaysi oilam?
— O‘zingizning ota oilangiz…
— A, ota-onammi?
— Ota-onangiz yoki hozirgi oilangizda sizni yo‘ldan qaytarib…
— Yo‘q, yo‘q, qarang ota-onam hech qachon menga qarshilik qilmagan, aka-ukalarim (qarshi bo‘lgan) bo‘lishi mumkin, Lekin ota-onamiz hech qachon qarshilik qilishmagan. Turmush qurganimizda ishlayotgan bo‘lganman. Ayolim to‘g‘ri tushunib, hozirgacha meni qo‘llab quvvatlashadi hammasi. Bolalarim, qizim, ayolim. Kelishadi, xabar olib turishadi. Bu narsadan juda xursandman. Chunki asosan umr yo‘ldoshingiz qo‘llab-quvvatlamasa… Ayolim tushunmaydi lekin qo‘llab-quvvatlaydi chunki biz qiyinchiliklardan ham birga o‘tganmiz. Uyda ham ishlaganimda ko‘rib turardi nima qilayotganimni. Bu narsa u uchun juda qiziq. Balki taqdir tuhfasi bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.
— Masalan hozir O‘zbekiston san’atidagi eng katta muammolarni nimada ko‘rasiz?
— Eng katta muammosimi?
— Ha
— Muammolar ko‘p. Muammolar bo‘lgan. Yechilib kelgan va yana paydo bo‘lgan muammolar hozir kunda ham muammolar bor. Qaysidir qismi yechilyapti qaysidir qismi qolib ketyapti. Men endi uni hozir muhokama qilib yoki uni yechimini topishga haqqim yo‘q, chunki u sohada muammoni yechadigan soha ustalari bor. Va ular tinmay ishlashyapti buni ustida. O‘ylaymanki ular yechim topishadi. Mening muammoyim ustaxonaga kelib yangi asar yaratish. Menimcha, har bitta inson ishini bilib qilgan yaxshi shundagina hayotimiz o‘zgarib, qanaqadir bir katta… shuni aytamanki, hozirgi kunda san’at juda bir qanaqadir… ayanchli deb bo‘lmaydi-yu, lekin tushkunlikka tushgan. Menimchi tushkunlikdan keyin ko‘tarilish boshlanadi. Va o‘sha… Biz bu narsani… Baribir ta’siri bo‘ladi rassomda boshqa san’at kasb egalariga bilmadim.
Baribir ishlashimiz kerak. Xudo xohlasa, katta loyihalar rejalashtirilyapti san’at sohasida. Balkim, yaxshi kunlar kelib qolar.
— Rassom sifatida eng katta orzuingiz nima?
— Rassomda orzu nima bo‘ladi? Rassomda orzu - yangi asar yaratish. Shu eng katta orzusi uning. Biz xuddi bir yosh boladekmiz. O‘zimizni yosh boladek his qilamiz. Qachonki yangi ish qilsak, o‘shanda biz xursand bo‘lamiz. Buni aytsam ishonmaysiz, xuddi bir yosh bolaga bir tuhfa bersangiz-da u yosh bola kechasi bilan uxlamasa. Bo‘lganmi sizda ham shunaqa?
— Hmm...
— Xuddi shunaqa bizda ham yoshimizga qaramay katta bir… katta emas kichkina bir asarni tugatib qo‘ysak shu kuni biz xursandmiz. Mehmonga boramiz yoki bir mehmon qilamiz, farzandlarni olib chiqamiz ko‘chaga. Chunki asarni tugatish, boshlash juda juda qiyin narsa. O‘shaning uchun aytaman yomon rassomning o‘zi bo‘lmaydi va uning ustaxonasida nima kechayotganini faqat rassomgina biladi. Va uni noodatiy qanaqadir yoki odatiymi bilmayman… noto‘g‘ri bir fikrlar bilan tanqid qilish noto‘g‘ri. Ushbu bradveyda o‘tirgan ham rassom, u ham mehnat qilyapti, ha to‘g‘ri ko‘chiryapti, baribir kun ko‘ryapti o‘shandan. Yangilik qilayotgani yangilik qilyapti. O‘shaning uchun ishlayverish kerak, yangi-yangi asarlar yaratish kerak.

