Qachon: 2025-yil 5-6-aprel
Qayerda: Nukus, Qoraqalpog‘iston, O‘zbekiston
Narxi: bepul, lekin ro‘yxatdan o‘tish kerak
Orol madaniy sammiti faqatgina ekologiya mavzusiga bag‘ishlanmagan. U global falokatlar yuz bergan joyda madaniy sahna qanday shakllanishi mumkinligito‘g‘risida hikoya qiladi. Uchrashuv joyi bejiz tanlanmagan: Nukus shahri Oroldengizining sobiq qirg‘og‘iga yaqin joylashgan.
Bu nafaqat Orol dengizi yo‘qolishi fojiasini tushunishga, balki iqlim haqida muloqotqilish uchun san’at, fan, landshaft va jamoaviy ijod orqali muloqotni jonlantirishgaurinishdir.
Bu nima uchun muhim?
Sammit - suv, ekologiya, ruhiy jarohat va g‘amxo‘rlik haqidagi suhbatdir. U quruqhisobotlar shaklida bo’lmaydi buning o’rniga makon, madaniyat va jamoalar bilan isholib boriladi.
Maqsad - ilmiy va badiiy tafakkurni uyg‘unlashtirish, nafaqat muammolar, balkiyechimlar ham paydo bo‘ladigan muhitni yaratishdir.
Eng muhimi, shunchaki kichik anketani to‘ldirib, u yerga tinglovchi sifatidaborishingiz mumkin.
Kimlar so‘zga chiqadi?
- Antonina van Lir (Antonina van Lier) - Qozog‘istonlik eko-san’at faoli vatadqiqotchi. U zamonaviy san’at va mahalliy jamoalar bilan ishlashniuyg‘unlashtiradigan Artcom Platform platformasining hammuassisi. Shuningdek, Antonina rassomlar, ekologlar va mahalliy aholi Balxash ko‘lining nozik suvekotizimini saqlash yo‘llarini izlayotgan “Care for Balkhash” loyihasiga boshchilikqiladi. U iqlim haqida qo‘rquv orqali emas, balki bilim va shaxsiy tajribadan kelibchiqib gapiradi.
- Vael al-Avar (Wael Al Awar) - Dubay va Tokiodan kelgan me’mor, Venetsiyafestivalida “Wetland” loyihasi uchun “Oltin sher” mukofotini qo‘lga kiritgan. U o‘zijodida an’anaviy qurilishlar va tabiat hodisalaridan ilhom olib, tabiiy materiallar vabarqaror me’morchilik amaliyotlarini tadqiq etadi. Hozirda Vael al-Avar 2025-yilda ilk bor o‘tkazilishi kutilayotgan Buxoro festivalining ijodiy direktori lavozimidafaoliyat yuritmoqda.
- Mauritsio Montalti (Maurizio Montalti) - Amsterdamdagi Officina Corpuscolilaboratoriyasining asoschisi va biodizayner. Uning materiallari to‘g‘ridan to‘g‘rima’noda qo‘ziqorinlardan yaratilgan. Montalti biotexnologiya, ekologiya vamadaniyat tutashgan joyda ishlab, plastmassa, beton va boshqa zararli materiallarningo‘rnini bosa oladigan innovatsion mahsulotlarni yaratadi.
- Mo‘tabar Xushvaqtova (Mutabar Khushvaktova), O‘rikguli taxallusi bilan tanilgan, o‘zbekistonlik ekofaol va ma’rifiy loyihalar muallifi. U raqamli kontent yordamidaekologiyani tushunarli va yurakka yaqin mavzuga aylantiradi.
Notiqlar ro‘yxati yuqoridagilar bilan cheklanib qolmaydi.
Sammitdan tashqari yana nimalarni tomosha qilish mumkin?
Orol dengizi tubidagi kema qoldiqlari. Foto: Artem Asset
Vaqtingiz bo‘lsa, bir paytlar bandargoh bo‘lgan Mo‘ynoq - arvoh shaharga borishnitavsiya qilamiz. Hozirga kelib bu joy xotira maydoniga aylangan:
- Sobiq dengiz tubidagi kemalar qabristoni ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, bu yerdakemalarning temir qoldiqlari qumda qolib ketgan.
- Mo‘ynoq tarixi muzeyi - Oroldan oldingi va keyingi hayot haqida hikoya qiluvchiko‘rgazmani o‘z ichiga oladi.
Nukus shahrining o‘zida ham tomosha qilishga arzigulik joylar mavjud:
Mizdaxkan arxeologik kompleksi. Foto: CitizenFresh
- I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi - rus va sovet avangardi, qoraqalpoq dekorativ san’ati va arxeologik topilmalarining afsonaviy to‘plami.
- Mizdakxon qabristoni - qadimiy yodgorlik bo‘lib, mintaqadagi eng sirliqabristonlardan biridir. Arxeologiya, xurofot va sukunat o‘ziga xos muhitgauyg‘unlashgan joy.
- Chilpiq minorasi - zardushtiylarning tepalik ustidagi “sukut minorasi” (qabrminorasi) bo‘lib, u yerdan Amudaryo vodiysi manzarasi ko‘rinadi. Aynan shu yerdamarhumlarning ruhi tabiatga qaytgan deb ishoniladi.
Qanday yetib borish mumkin?
Yetib borishning eng qulay yo‘li - Nukusga uchib borish. Toshkentdan u yerga har kuni ikkita reys - ertalab va kechqurun qatnaydi. Ammo sarguzashtlarni yoqtirsangiz, poyezdni tanlashingiz mumkin. Yo‘l kamida 16 soat davom etadi, ammo unutilmasmanzaralarga guvoh bo‘lishingiz aniq.
Tadbirni qayerda kuzatish mumkin?
Rasmiy veb-sayt va Instagram sahifasida.
Quyidagi narsalarni xavfsizlik yuzasidan bilishingiz shart:
Orolbo‘yi nozik makon.
Ekologik me’yorlarga rioya qiling: atrofingiz bo‘m-bo‘sh ko‘rinsa ham, o‘zingizdankeyin axlat qoldirmang.
Suvga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ling: bu mintaqada suv oltinga teng resurs. Ilojiboricha tejashga harakat qiling.
Mahalliy aholi va ularning makonini hurmat qiling: siz odamlar yashashni davomettirayotgan, an’analarni saqlayotgan va yangi ma’nolarni izlayotgan joygamehmonsiz. Keling, uni dekoratsiyaga aylantirmaylik.


