Har kuni yuz minglab sayyohlar va megapolis aholisiga ko‘rinadigan ikkita ulkan raqamli ekranda qadimiy obidalar, tarixiy shaharlar, go‘zal tabiat va mamlakatning yorqin an’analariga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etilmoqda.
Roliklarda Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlaridan olingan lavhalar ko‘rsatildi.
Tayms-skver dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan joylardan biri. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga maydonga 50 millionga yaqin odam tashrif buyuradi. U yerdagi reklamalar ekran hajmiga qarab kuniga 5 000 dan 50 000 dollargacha baholanadi.