Amaldorning tushuntirishicha, san’atkor va xonandalarga 2025-2026-yillar uchun daromadlarini ixtiyoriy ravishda deklaratsiya qilish imkoniyati beriladi. Ammo 2027 yildan boshlab daromadlarini to‘liq oshkor qilmagan yoki soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilishi boshlanadi.
"San’atkor va qo‘shiqchilar, qoida bo‘yicha, deklaratsiya to‘ldirishi va o‘z daromadlarini ko‘rsatib, shu asosda soliqqa tortilishi lozim. Biroq, juda ko‘p san’atkorlar bunga rioya qilmayapti. O‘z daromadlarini to‘liq deklaratsiyalamayapti"

— dedi Mirzayev.

Ayni paytda Soliq qo‘mitasi tomonidan san’at sohasida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus loyiha ishlab chiqilmoqda. Yangi chora-tadbirlar barcha ijodiy kasb egalari tomonidan soliqlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda san’atkorlarga afisha va konsert anonslarida fonogrammadan foydalanish darajasini ko‘rsatish majburiyatini yuklovchi qonunchilik normalari joriy etilgan edi. Endi ijrochilar chiqishdan oldin tomoshabinlarga o‘z nomerining to‘liq jonli, qisman fonogramma yordamida yoki tayyor yozuv ostida ijro etilishini ma’lum qilishlari kerak. Ushbu chora-tadbirlar konsert tadbirlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.