The New York Times xabariga ko‘ra, uning o‘limiga pnevmoniya sabab bo‘lgan, bu haqda nashrga uning qizi Mersedes Kilmer ma’lum qilgan.
Vel Kilmer 1959-yil 31-dekabrda Los-Anjelesda tug‘ilgan. 17 yoshida u Nyu-Yorkdagi nufuzli Juilliard maktabiga o‘qishga kiradi va akademiyaning eng yosh talabalaridan biriga aylanadi.
Kilmerning kinokaryerasi 1984-yilda "Mutlaqo maxfiy!" parodiya komediyasida bosh rolni ijro etish bilan boshlangan. 1991-yilda u Oliver Stounning "Doors" filmida Jim Morrison rolini o‘ynadi va The Doors yetakchisining qo‘shiqlarini mustaqil ravishda kuyladi. Aktyorning boshqa mashhur asarlari orasida "Tumstoun: Yovvoyi G‘arb afsonasi" (1993), "Olishuv" (1995), "Avliyo" (1997) va "Top Gan" (1986) bor.
Kilmerning eng mashhur roli Joel Shumaxerning "Betmen abadiy" filmidagi Bryus Ueyn va uning alter egosi Betmen edi. Film kassada muvaffaqiyatli bo‘ldi, ammo tanqidchilar tomonidan turli xil baholarga sazovor bo‘ldi.
1988-yilda Kilmer britaniyalik aktrisa Joan Uolli bilan turmush qurdi, u bilan "Uillou" filmini suratga olish paytida tanishgan. Ularning nikohidan ikki farzand tug‘ilgan, ammo 1996-yilda er-xotin ajrashgan.
O‘z faoliyati davomida Kilmer Robert De Niro, Al Pachino va Marlon Brando kabi afsonalar bilan ishlagan ko‘plab mashhur filmlarda rol o‘ynagan.