Bu yil mukofot xalqaro maqomga ega bo‘ldi: unda O‘zbekiston, Ukraina va Gruziyadan arxitektor va dizaynerlar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar 27 ta nominatsiya bo‘yicha 6 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi, deya xabar berdi Afisha.uz.
Hakamlar hay’ati tarkibiga taniqli me’morlar va xalqaro ixtisoslashgan nashrlar vakillari kiradi. Xususan, "OAVda arxitektura haqidagi material" nominatsiyasi ishtirokchilarining ishlarini Dezeen jurnali muharriri Tom Ravenskroft — AOR 2023 versiyasi bo‘yicha "Yil muharriri" unvoni sohibi baholaydi. Uning rahbarligi ostida Dezeen ikki marta PPA, AOR va IBR mukofotlarida eng yaxshi nashr deb topildi.
O‘zbekiston yosh arxitektorlar uyushmasi raisi, "Tata LAB" arxitektura studiyasi asoschisi Taxmina Turdialiyeva "Me’mor" mukofoti-2025 koordinatori hisoblanadi. Shuningdek, u Britaniya Qirollik arxitektorlar institutining "RIBA Book: 100 Women Architects in Practice" kitobiga kiritilgan yagona o‘zbek arxitektoridir. Uning portfoliosiga Xitoy, Italiya va O‘zbekistondagi xususiy arxitektura loyihalari kiradi.