Ushbu surat Stiv MakKarri tomonidan 1984-yilda Pokistondagi Nosir Bog‘ qochqinlar lagerida olingan. Unda — Sharbat Gula, Sovet-Afg‘on urushi (1979-1989) davrida Afg‘onistondan qochgan 12 yoshli qiz tasvirlangan.
Uning o‘tkir yashil ko‘zlari bir vaqtning o‘zida ham qo‘rquvga, ham kuchga to‘la bo‘lib, o‘ziga maftun qiladi va o‘z xalqining tarixini hikoya qilayotgandek tuyuladi. Surat birinchi marta 1985-yil iyun oyida National Geographic muqovasida nashr etilgan va darhol qochqinlarning azob-uqubatlari, chidamliligi ramzi sifatida mashhur bo‘lgan.
Uzoq vaqt davomida uning shaxsi noma’lum bo‘lib qoldi. Faqat 2002-yilda MakKarri National Geographic jamoasi bilan birgalikda uni Afg‘onistondan topdi. U qashshoqlikda yashagan, surati mashhur bo‘lib ketganini bilmagan va uni ilgari hech qachon ko‘rmagan.
Sharbat 13 yoshida turmushga chiqdi, bir nechta farzand dunyoga keltirdi. 2016-yilda u Pokistonda hujjatlarni qalbakilashtirgani uchun hibsga olingan, ammo keyin qo‘yib yuborilgan va Afg‘onistonga deportatsiya qilingan. 2021-yilda Tolibonlar hokimiyatga kelganidan so‘ng u Italiyadan boshpana topdi.