Qo‘shiq Ariana Grande bilan birga ishlagan shved prodyuseri Ilya bilan hamkorlikda yaratilgan. "Azizam" so'zi fors tilida yaqin kishilarga nisbatan qo‘llaniladigan keng tarqalgan murojaat shaklidir.
Shiran trek ustida ishlayotganda fors va irland xalq motivlari o‘rtasidagi o‘xshashlikni topganini ta’kidladi.
"Avvalgi asarlarimga o‘xshamasa-da, "Azizam" menga qandaydir qadrdon tuyuladi. Biz bayramona muhit yaratmoqchi edik va Ilya bu g‘oyani amalga oshirishga yordam berdi"
dedi san'atkor.
Shuningdek, ijodkor turli mamlakatlarning musiqiy an’analariga qiziqishi haqida so‘zlab berdi. Dunyo bo‘ylab sayohat qilar ekan, u mahalliy madaniyatlarni o‘rganadi va yangi ilhom manbalarini izlaydi. To‘g‘ri, barcha ijodiy tajribalar silliq kechmaydi — fevral oyida Hindiston politsiyasi Shiran ko'chada improvizatsiya qilgan holda konsert qo'yishni taqiqladi.
Yangi singl tayyorlanayotgan albomning bir qismi bo‘lib, unda Shiran turli xil musiqa uslublarini sinab ko‘rishni davom ettirmoqda.