Qadimgi yirtqichni tiklash ishlari bir necha yil davom etdi. Olimlar yaxshi saqlanib qolgan qoldiqlardan ajratib olingan DNKni tahlil qildilar: Aydaxo shtatidan topilgan 72 ming yillik bosh suyagi va Ogayo shtatidan topilgan 13 ming yildan ortiq saqlanib qolgan tishdan olingan namunalarni o‘rganishdi.
Ushbu ma’lumotlar asosida kulrang bo‘rilarning hujayralari genetik jihatdan o‘zgartirildi — jami 20 bosqichda, "ulug' bo‘rilar"ning asosiy xususiyatlarini: yirik tana tuzilishi, kuchli mushaklar va qalin oq junni qayta tiklashga e’tibor qaratildi. Bu hujayralar uy itlarining tuxum hujayralariga kiritildi, tozi zotli itlar esa surrogat ona vazifasini bajardilar.
Tajriba natijasida uchta bo‘ri bolasi tug‘ildi. Ikki erkagiga Romul va Rem, urg‘ochisiga esa Kxalisi deb ism qo‘yishdi.
"Taxtlar o‘yini" muallifi, yozuvchi Jorj Martin ijtimoiy tarmoqdagi yangilikka hayajon bilan munosabat bildirdi: "ULUG' BO'RI QAYTDI!" Shuningdek, u rejissyor Piter Jekson tashabbusi bilan loyiha bilan tanishganini aytdi.
Hozir jonzotlar tabiiy qo‘riqxonada yashaydi va olimlar nazorati ostida. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, olti oylik Romul va Rem allaqachon oddiy kulrang bo‘rilardan 25 foizga kattaroq.
Colossal’ning ta’kidlashicha, u ushbu loyihani biotexnologiya va yo‘qolib ketgan turlarni qaytarishda yangi davrning boshlanishi deb hisoblaydi.