Surat muallifi janubiy afrikalik fotojurnalist Kevin Karter bo‘lib, u aparteidning so‘nggi yillarida Janubiy Afrikadagi zo‘ravonliklarni hujjatlashtirgan mashhur "Bang-Bang Club" jurnalistlar guruhiga a’zo edi. Karter bu surati uchun 1994-yilda Pulitser mukofotiga sazovor bo‘ldi, ammo bu fotosuratchi vaziyatga aralashishi kerakmi yoki yo‘qligi haqida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Keyinchalik Kevin quzg‘unni haydab yuborganini, ammo bolaga yordam bermaganini tan oldi, chunki jurnalistlarga zararlanish xavfi tufayli jabrlanganlarga tegish taqiqlangan edi. Mukofotni qo‘lga kiritganidan ko‘p o‘tmay 33 yoshli Karter o‘z joniga qasd qildi. O‘limi oldidan yozgan xatida u "xotiralar sababli o‘zini yo'qotganini" va ko‘rgan og‘riqqa dosh berolmasligini aytdi.
Surat hali ham kasb chegaralari, surat qahramonlari oldidagi mas’uliyat va jurnalistlar o‘z ishi uchun to‘laydigan narx haqida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.