Qaror me’morning Rim-katolik cherkovida avliyo sifatida tan olinishi — uning mumkin bo‘lgan kanonizatsiyasi yo‘lidagi muhim bosqichga aylandi.
Antonio Gaudi 1852-yil 25-iyunda Kataloniyaning Reus shahrida tug‘ilgan. U arxitekturaviy modernning asosiy vakillaridan biri hisoblanadi. Uning aksariyat asarlari, jumladan, mashhur Sagrada familiya Barselonada qurilgan. Gaudi hayotining asosiy loyihasi bo‘lgan Muqaddas Oila ibodatxonasi XIX asr oxiridan beri qurilmoqda va keyingi yil qurib bitkazilishi kutilmoqda.
Me’morni avliyolar ro‘yxatiga kiritish jarayoni 2015-yilda boshlangan. Biroq Kataloniyada bu qaror bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi — dunyoviy hamjamiyatning bir qismi me’morning diniy yuksaltirilishiga qarshi chiqadi, uni ma’naviy emas, balki madaniy ramz deb biladi.