Nufuzli mukofot sun’iy intellektni axloqiy rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, innovatsiyalar va siyosatga qo‘shgan hissasi uchun beriladi.
Mukofot ikki yilda bir marta beriladi. Uchta laureatga 30 ming dollardan, "Beruniy" medali va YUNESKOning rasmiy sertifikati beriladi.
Taqdirlash marosimi Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Arizalar 2025-yil 30-iyungacha qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun ariza shaklini yuklab olish va uni beruniy.prize@unesco.org elektron pochtasiga yuborish kerak.
Biroq, o‘z-o‘zidan topshirib bo‘lmaydi. YUNESKO nodavlat notijorat tashkilotlari, mamlakatlarning milliy komissiyalari, universitetlar, shuningdek, ilmiy birlashmalarning arizalarini ko‘rib chiqadi.