Tadbir rasmiy saytida xabar berilishicha, tanlov Bazel shahrida o‘tkaziladi, chiqishlar esa St. Jakobshalle arenasida bo‘lib o‘tadi.
Jadvalga ko‘ra, birinchi yarim final 13-may, seshanba kuniga, ikkinchi yarim final 15-may, payshanba kuniga belgilangan. Final shousi 17-may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa atrofida esa bahs-munozaralar davom etmoqda. Mart oyida Malta hukumati "Yevrovidenie" tashkilotchilarini senzurada aybladi. Bunga sabab Yevropa radioeshittirish ittifoqining (EBU) mamlakat vakili Miriam Kontening qo‘shig‘idan "kant" so‘zini olib tashlash talabi bo‘ldi — bu ingliz tilidagi behayo ibora bilan uyg‘unligi tufayli. Malta tilida bu so‘z "qo‘shiq aytish" degan ma’noni bildirsa-da, EBU uni ishlatishni nomaqbul deb topdi.
Malta madaniyat vaziri Ouen Bonnichi taqiqni badiiy senzura akti va til belgisi bo‘yicha kamsitish deb atadi. Voqeaga qaramay, Malta tanlovda ishtirok etishdan bosh tortmoqchi emas va EBU qaroriga e’tiroz bildirmoqchi.