Uning so‘zlariga ko‘ra, u pavilonni (ehtimol) Toshkentdagi bog‘lardan birida qayta yaratishni rejalashtirmoqda.
"U modulli, shuning uchun uni turli masshtab va konfiguratsiyalarda qayta yaratish mumkin — ehtimol, Toshkentdagi bog‘lardan birida, uning kichraytirilgan versiyalari esa mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin. Pavilyonning Expo`dan keyin ham yashashda davom etishi biz uchun juda muhim edi"
deya ta’kidladi u.
Shuningdek, Bryukner obyekt g‘oyasi O‘zbekiston va Yaponiya me’morchiligi o‘rtasida ko‘prik qurishdan iborat bo‘lganini aytdi.
"Biz O‘zbekiston va Yaponiya me’morchiligi o‘rtasida ko‘prik qurishga harakat qilyapmiz. Ular o‘rtasida, ayniqsa, mahoratga, tabiiy materiallarga va sokin soddalikka bo‘lgan hurmatda go‘zal uyg‘unlik mavjud. Bu muloqot butun pavilyon bo‘ylab o‘tadi"
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyaning Dezeen arxitektura nashri O‘zbekiston pavilyonini Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Expo-2025 butunjahon ko‘rgazmasining eng ta’sirli o‘nta obyekti qatoriga kiritgan edi.
Pavilyon arxitekturasi ramziylik va majoz ustiga qurilgan. Binoning pastki qavati qayta ishlangan g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, bu yer va tarixiy an’analar bilan bog‘liqlikni aks ettiradi. Yuqori qavat daraxtlarni eslatuvchi yog‘och ustunlarga tayanadi va tabiat, o‘sish va rivojlanish ramzini ifodalaydi.