Rassomning yordamchisi Sergey Shagulashvili "Интерфакс"ga: "Ha, bu bugun tungi ikki yarimda sodir bo‘ldi", dedi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xayrlashuv va dafn marosimi haqidagi qaror keyinroq qabul qilinadi.
Zurab Sereteli mashhur sovet va rus rassomi, haykaltaroshi va me’mori bo‘lib, o‘zining ulkan monumental asarlari bilan shuhrat qozongan.
Moskvada Moskva daryosi bo‘yida o‘rnatilgan Pyotr I haykali unga eng katta shuhrat keltirdi. Bu Rossiyadagi eng baland haykallardan biri — taxminan 98 metr. Yodgorlik o‘zining tashqi ko‘rinishi va ko‘lami tufayli tanqid to‘lqinini keltirib chiqardi, ammo poytaxtning eng taniqli diqqatga sazovor joylaridan biriga aylandi.
Sereteli, shuningdek, AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Beyonn shahrida o‘rnatilgan "Qayg‘u ko‘z yoshlari" yodgorligining muallifi bo‘ldi. Ushbu yodgorlik 2001-yil 11-sentyabrdagi terakt qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab Amerikaga sovg‘a qilingan. Haykal kesikli ulkan steladan iborat bo‘lib, unda metall tomchi-ko‘z yoshi osilgan.