Opportunity 2003-yilda 90 sol (Mars kunlari) davomida ishlash uchun mo‘ljallangan holda uchirilgan bo‘lsa-da, u Mars sathini o‘rganib deyarli 15 yil faoliyat ko‘rsatdi. U Qizil sayyoraning sahro manzaralarida 45 kilometrdan ziyod masofani bosib o‘tdi, geologik jinslarni tadqiq etdi va Yerga minglab tasvirlarni jo‘natdi.
"Selfi"da Opportunity’ning o‘zi aks etgan — chang bosgan, ammo hali ham ishlayotgan. Bu uning manipulyatori yordamida olingan fotosuratlardan tuzilgan kompozit surat. Marsoxodning yelkalari ortida bepoyon Mars sahrosi. Apparatning yuzasi qizil chang bilan qoplangan, bu esa u ishlagan sharoitning og‘irligini ta’kidlaydi.
Surat 2018-yilda Marsni ulkan chang bo‘roni qoplashidan biroz oldin olingan. Opportunity panellari quyosh nurini qabul qilmay qo‘ydi va marsoxod butunlay jim bo‘lib qoldi. NASA 8 oy davomida aloqani tiklashga harakat qildi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi.