O‘zbekiston Ekologiya vazirligi matbuot xizmati 23-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "Avtomobilsiz kun" ekologik aksiyasi haqida xabar berdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish, shaharlarda shovqinni kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilashdan iborat.
Aksiya doirasida mamlakat aholisi, shuningdek, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston ma’muriy markazlari va viloyatlardagi davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga jamoat transporti, velosiped yoki piyoda yurish foydasiga shaxsiy transportdan voz kechish tavsiya etildi.
"Aksiyaga qo‘shiling va atrof-muhitni muhofaza qilishga o‘z hissangizni qo‘shing! Birgalikda biz shaharlarimizni yanada ekologik toza va havoni musaffo qilishimiz mumkin", — deya ta’kidlashdi tashkilotchilar.