Edvard Berger rejissyori bo‘lgan 2024-yilgi film yangi pontifikni saylashga bag‘ishlangan. U turli xil PVOD platformalarida (so‘rov bo‘yicha premium video) mavjud, shuningdek, Amazon Prime Video`da tomosha qilish mumkin.
Striming kontenti statistikasini kuzatib boruvchi Luminate kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 21-aprel kuni — OAVda pontifikning o‘limi haqida xabar berilgan kuni — "Konklav"ni ko‘rishlar soni 283 foizga oshgan. Taqqoslash uchun: 20-aprelda film 1,8 million daqiqa tomosha qilingan bo‘lsa, 21-aprel oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 6,9 million daqiqagacha ko‘tarildi.
Vatikan mavzusidagi yana bir film — Netflix`ning "Ikki papa" (2019) dramasi ham qiziqish uyg‘otdi. Uning tomoshalari 417 foizga — yakshanba kuni 290 ming daqiqadan dushanba kuni 1,5 million daqiqagacha o‘sdi.
Eslatib o‘tamiz, "Konklav" — avvalgi papa vafotidan keyin yangi papaning saylanishi haqidagi film. U pontifikni tanlashning butun jarayonini ochib beradi. Shuningdek, u 2025-yilda eng yaxshi film uchun BAFTA mukofotini qo‘lga kiritdi.