Miniatyura mashhur mutafakkir Abdurahmon Jomiyning jiyani, fors-tojik shoiri Abdulloh Xotifiy tomonidan XVI asr boshlarida yaratilgan "Temurnoma" dostoni qo‘lyozmasidan olingan.
"Temurnoma" fors mumtoz adabiyoti ruhida yozilgan besh dostondan iborat Hotifiya "Xamsa"si tarkibiga kiradi. Asar Amir Temurning qahramonligi va jahongirligiga bag‘ishlangan bo‘lib, temuriylar davri adabiyotining muhim yodgorliklaridan biri hisoblanadi.
1454-yilda Xarjird (Eronning Jom viloyati) da tavallud topgan Abdulloh ekotifiy tog‘asi va Nizomiy, Dehlaviy, Alisher Navoiy kabi buyuk shoirlar ijodidan kuchli ta’sirlangan. Xususan, "Xamsa" dostonlaridan biri — "Layli va Majnun" Navoiyning o‘ziga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Hotifiyning o‘z ustoziga bo‘lgan chuqur hurmati aks etgan.