Ilmiy ekspertizani tashkil etish tartibi, tadqiqot usullari ro‘yxati, shuningdek tekshirish yakunlari bo‘yicha xulosani rasmiylashtirish va tuzish qoidalari belgilanadi.
Ekspertiza vakolatli tashkilotlarning malakali mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi. Tekshirish jarayonida qiyosiy-huquqiy, lingvistik, tarixiy tahlil, modellashtirish va vaziyatli tahlil, intervyu, "aqliy hujum" (breynstorming), davra suhbati, anketa so‘rovi kabi usullardan foydalanish mumkin.
Ekspertiza natijalari asosida ekspert xulosa beradi, unda loyiha ilmiy jihatdan asoslangan, yetarli darajada ilmiy asoslanmagan yoki ilmiy asosga ega emas deb baholanadi.