Suhbat chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilib, tarixiy va gumanitar aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidlashdi.
Jamg‘armaning asosiy tashabbuslari, jumladan, Buxoroda Jadidlar tarixi muzeyini tashkil etish va Toshkentda saqlanayotgan Usmon Qur’onini restavratsiya qilish loyihasiga alohida e’tibor qaratildi.
"Suhbat chog‘ida Fondning asosiy tashabbuslari, jumladan, Buxoroda Jadidlar tarixi muzeyini tashkil etish, shuningdek, Toshkentda saqlanayotgan Usmon Qur’onini restavratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi"

deyiladi Jamg‘arma xabarida.