Avvalroq loyiha doirasida Moskva, Olma-Ota va Leningrad haqida nashrlar chop etilgan edi.
Toshkent sonining mualliflari tadqiqotchilar Boris Chuxovich va Olga Kazakova, fotograf Olga Alekseenko va arxitektura tarixchisi Ayrat Bagautdinov bo‘ldi. Taqdimot davomida ular shaharda modernistik g‘oyalar mahalliy an’analar — vernakulyar shakllar va naqshlar bilan qanday uyg‘unlashganini muhokama qiladilar, shuningdek, nima uchun kitobga binolar haqidagi matnlar bilan bir qatorda metropoliten va mozaika san’ati haqidagi boblar ham kiritilganini tushuntiradilar.
O‘n yilliklar o‘rtasidagi me’moriy tafovutlar, Toshkent va Olmaota o‘rtasidagi shaharsozlikdagi raqobat, shuningdek, XX asrning ikkinchi yarmidagi O‘zbekiston poytaxti me’moriy tarixining boshqa jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Taqdimot mehmonlari, shuningdek, kitob uchun tayyorlangan, ammo yakuniy nashrga kiritilmagan maxsus suratga olish kadrlarini ko‘rishlari mumkin.