Hujjatga dunyoning barcha qit’alaridan 80 dan ortiq davlat hammualliflik qilgan.
Ushbu tashabbus prezident Shavkat Mirziyoyevning halok bo‘lganlar xotirasini yod etish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish masalalarida global hamkorlik muhimligini eslatish zarurligi haqidagi taklifiga asoslangan. Yangi Xalqaro kun ilk bor 2026-yil 29-aprelda — 1966 yilgi Toshkent zilzilasining 60 yilligida nishonlanadi.
Rezolyutsiyada ta’kidlanishicha, zilzilalar tabiiy ofatlar orasida kamroq ulushga ega bo‘lsa-da, ko‘pincha eng katta insoniy va iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi. BMT a’zo davlatlar, BMT tizimidagi agentliklar va xalqaro tashkilotlarni yangi kun doirasidagi tadbirlarni o‘tkazishga — axborot kampaniyalari, ma’rifat va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish orqali ko‘maklashishga chaqiradi.