Bu haqda 1-may kuni "Arda Xiva" xalqaro turizm markazining ochilish marosimida ma’lum qilindi.
Loyihaga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi. Majmua qurilishi uchun Xiva tumanidan 2,4 ming gektar yer ajratiladi. Ishlarni shu yilning o‘zida boshlash rejalashtirilgan.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, "Sahro yulduzi" hududida mehmonxonalar, restoranlar, muzeylar, shuningdek, ekstremal turizm obyektlari barpo etiladi.
Bundan tashqari, Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida safari va ov turizmini rivojlantirish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatda to‘rtta tumanda turizm qishloqlari ochiladi.
Shuningdek, Mirziyoyev Ma’mun akademiyasi yonida smart-muzey tashkil etilishini ma’lum qildi.