2013-yilda o‘zidan oldingi Benedikt XVI iste’foga chiqqanidan keyin papa bo‘lgan pontifik 21-aprel kuni 88 yoshida vafot etdi.
Skorseze yillar davomida Papa Fransisk bilan bir necha bor uchrashgan va ularning suhbatlari ba’zan 82 yoshli rejissyorning ijodiga, jumladan, uning mashhur, ammo ziddiyatli "Masihning so‘nggi vasvasasi" (1988) va XVII asrda Yaponiyadagi portugaliyalik missioner-iyezuitlar haqida hikoya qiluvchi "Sukunat" (2016) filmlariga ta’sir ko‘rsatgan. "Bu yo‘qotish men uchun juda shaxsiy – men u bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘lganman va uning mavjudligi hamda iliqligini sog‘inaman. Bu butun dunyo uchun katta yo‘qotish. Ammo u o‘zidan so‘ndirib bo‘lmaydigan nur qoldirdi".
Variety nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Skorseze endi Papa tomonidan asos solingan Scholas Occurrentes global ta’lim tashabbusi tomonidan ishlab chiqilgan "Aldeas – A New Story" ("Aldeas – yangi hikoya") to‘liq metrajli hujjatli filmi va jahon madaniy loyihasiga prodyuserlik qiladi.
"Aldeas" nihoyatda poetik va ijodiy loyiha, chunki u inson hayotining ibtidosiga, insonning ijtimoiy tabiatiga, mojarolarga... inson yo‘lining mohiyatiga murojaat qiladi".