Unda 10 ta davlatdan 70 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Festival dasturidan paraplanerim bo'yicha musobaqalar, havo shousi, gastronomik ko‘rgazma va musiqiy chiqishlar o‘rin olgan.
Tashkilotchilar tadbir Urgut tumanining sayyohlar uchun jozibadorligini oshirishga va O‘zbekistonga ekstremal sport muxlislarini ko‘proq jalb qilishga yordam berishiga umid qilmoqda.
Paraplanerizm — bu paraplanda parvoz qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ekstremal sport va faol dam olish turi. Parashyutdan farqli o‘laroq, paraplan nafaqat pastga tushish, balki rejalashtirish, havo oqimlari yordamida balandlikka ko‘tarilish va parvoz yo‘nalishini boshqarish imkonini beradi.