Bu shuni anglatadiki, kardinallar yangi pontifik nomzodi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadilar.
Ovoz berishda 133 nafar kardinal ishtirok etdi, ularning har biri konklav boshlanishidan oldin saylov bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilmaslik haqida qasamyod qildi. Papa bo‘lish uchun nomzod ishtirokchilarning kamida uchdan ikki qismining qo‘llab-quvvatlashiga erishishi, ya’ni kamida 89 ta ovoz olishi kerak.
Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 17:45 dan keyin boshlangan va bir necha soat davom etgan. Avliyo Pyotr maydonida natijalarni kutish uchun 45 mingga yaqin odam to‘plandi. Biroq, yechim yo‘qligini anglatuvchi qora tutunni ko‘rib, ularning ko‘pchiligi tarqala boshladi.
Konklavning birinchi kunida, an’anaga ko‘ra, ovoz berishning faqat bir bosqichi o‘tkaziladi. Keyingi kunlarda kuniga to‘rttagacha ovoz berish o‘tkazilishi mumkin, jami 33 turgacha ovoz berish o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Agar barcha turlar yakunlariga ko‘ra pontifikni tanlashning iloji bo‘lmasa, ovoz berishning so‘nggi bosqichida ikkita nomzod qoladi va g‘olib oddiy ko‘pchilik ovoz bilan aniqlanadi.