Ular Yevropa lo‘lilaridan madaniyati, tili va turmush tarzi bilan farq qilgan.
Bu xalqlarning ajdodlari taxminan X-XII asrlarda Eron va Afg‘oniston orqali Hindistondan kelgan deb hisoblanadi. Ular hind millatiga mansubligini ko‘rsatuvchi ayrim so‘z va an’analarni saqlab qolishgan.
image
Sovet davridan oldin ko‘plab lo‘lilar yarim ko‘chmanchi hayot kechirgan. Ular oilalari bilan, ayniqsa, O‘zbekistonning janubida savdo-sotiq, tomosha ko‘rsatish yoki xizmat ko‘rsatish (masalan, fol ochish, davolash) bilan shug'ullangan holda ko‘chib yurishgan. Hozir ko‘pchiligi o‘troqlashgan, ammo ko‘chmanchi o‘tmish xotirasi hamon tirik.