Hujjat doirasida ro‘yxatga yana 130 ga yaqin obyekt, jumladan, poytaxtning Shota Rustaveli va Beshyog‘och ko‘chalaridagi turar-joy binolarini kiritish rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasi binosi 1999-yildagi rekonstruksiya jarayonida sezilarli o‘zgarishlarga uchragan va bu uning dastlabki me’moriy qiyofasiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, rasmiylar uni Toshkent shaharsozlik tarixining muhim elementi deb hisoblaydilar. Reyestrga kiritish obyektning bir qator o‘ziga xos xususiyatlari yo‘qolishiga qaramay, uni qo‘riqlash va tadqiq qilishni davom ettirish imkonini beradi.
Madaniy meros reestri tarixiy ahamiyatga molik obyektlarni saqlab qolish va kelajakda yo‘qolishining oldini olish maqsadida shakllantiriladi.