Tashabbusning asosiy maqsadi — sayyohlarni qiziqtiradigan va yangi bozorlarga chiqishga qodir bo‘lgan tabiiy yoki qayta ishlangan materiallardan yangi mahsulotlar yaratishni rag‘batlantirishdan iborat. Ishtirokchilar ekologik talablar va sifat standartlariga javob beradigan original va innovatsion mahsulotlarni taqdim etishlari kerak.
Tanlov bir necha bosqichda o‘tkaziladi: arizalarni qabul qilish, ekspert baholash, loyihalarning yuzma-yuz taqdimoti (pitch) va yakuniy taqdirlash. G‘oliblar birinchi o‘rin uchun 70 million so‘m, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun 50 million so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.