Ko‘rgazma O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan "Yangi Quddus" muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ko‘rgazmada I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi va mezbon muzey kolleksiyalaridan 40 nafar rassomning 160 dan ortiq asarlari namoyish etiladi. Mualliflar orasida Aleksandr Volkov, Solomon Nikritin, Kliment Redko va boshqa ustalar bo‘lib, ularning ijodi 1920-1930-yillar san’atining ruhi va eksperimentalligini aks ettiradi.
Loyiha tashrif buyuruvchilarga avangard va uning Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalar kontekstidagi talqiniga yangicha qarash uchun noyob imkoniyat taqdim etadi.
Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilar uchun 2025-yil 30-maydan 8-noyabrgacha ochiq bo‘ladi.