Tangada "Twrk x’γ’n", ya’ni "Turk xoqoni" so‘zlari o‘yib yozilgan. Olimlarning fikricha, bu yodgorlik G‘arbiy Ko‘kturk xoqonligiga tegishli bo‘lib, Turk imperiyasi asoschilaridan biri Istami xoqon avlodlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Noyob topilmani O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi ilmiy xodimi, professor, fan doktori G‘aybulla Boboyorov topgan.
Ko‘rinishi oddiy bo‘lishiga qaramay, tanga katta tarixiy ahamiyatga ega. Tadqiqotchilarning fikricha, bu "turk" etnonimining eng qadimgi moddiy qayd etilishi bo‘lishi mumkin. Shu paytgacha bu atamaning ilk bor tilga olinishi VIII asrga oid Kultegin va Bilga xoqon bitiklari bilan bog‘lanar edi.
Tanga taxminan 580-610-yillarga tegishli bo‘lib, Markaziy Osiyoda turkiy davlatchilik va madaniyatning ilk tarqalishini ko‘rsatadi.